02:00 / 19.08.2015
3873

Business Insider: AQShda kabel televideniyesi yo‘qolib ketish arafasida turibdi

AQSh kabel televideniyelari auditoriya sonining pasayishi dinamikasi bu tarmoqning yaqin orada yo‘qolib ketishidan darak bermoqda. Bu haqda AQShdagi mediaauditoriyani o‘lchovchi Pacific Crest tadqiqot kompaniyasi bergan ma'lumotlarga tayanib Business Insider nashri xabar bermoqda. Gap kabel tedevideniyesida yetakchilik qilayotgan Time Warner Cable yoki Comcast kabi kompaniyalar haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 yil ichida kabel televideniyelari auditoriyasi keskin ketmoqda, 2015 yilning boshidan esa kabel telekompaniyalari xizmatidan voz kechgan odamlar miqdori birinchi marta yangi mijozlar sonidan oshib ketdi. Bunda auditoriyasi bo‘yicha yetakchi 8 ta kabel kompaniyasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, kabel televideniyesiga avvalgidek talab yo‘q: oxirgi 5 yil ichida 10 foiz oilalar kabel televideniyesi xizmatlaridan voz kechishdi. Tarmoqning yo‘qolib ketishi haqidagi munozaralarga 2015 yilning 2-choragidagi ma'lumotlar ham sabab bo‘ldi: unga ko‘ra kabel tarmoqlari xizmatidan voz kechganlar soni 463 ming mijozni tashkil qilgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 141 ming mijozni tashkil qilgan edi.  

Top