09:30 / 19.08.2015
2267

Jyerar Pike: Hakam yordamchisi bilan nomunosib tarzda muomila qilganim uchun uzr so‘rayman

"Barselona” himoyachisi Jyerar Pike “Atletik”ga qarshi Ispaniya Superkubogi uchrashuvida (1:1) yon qanot hakamini haqorat qilgani uchun kechirim so‘radi.

“Hakam yordamchisi bilan bu taxlit gaplashganim uchun uzr so‘rashni istardim. Bu noto‘g‘ri harakat bo‘ldi”, — deb yozdi Pike o‘z tvitterida.

“O‘yindagi keskinlik juda yuqori edi. Lekin har qanday sharoitda ham boshqa bir shaxsga nisbatan hech qanday haqoratni ishlatib bo‘lmaydi”, — dedi Pike.

Eslatib o‘tamiz, Pike mazkur qilmishi uchun 4 tadan 12 tagacha o‘yinga chetlatilishi mumkin.

Top