20:08 / 19.08.2015
4035

Lavrov: AQSh tomonidan taklif tushsa, Putin Obama bilan uchrashishi mumkin

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obamaning uchrashuvi mumkin bo‘ladigan shartlarni ma'lum qildi. Lavrovning aytishicha, agar AQSh tomondan taklif tushsa, Vladimir Putin uni ko‘rib chiqadi.

“Amerikalik hamkasblarimiz bizga kelgusida ham aloqalarni davom ettirish haqida signallar berayotganlaridan kelib chiqmoqdamiz. Agar ular tomonidan uchrashuv haqida taklif tushsa, o‘ylaymanki, prezidentimiz buni ko‘rib chiqadi”, deb aytdi Lavrov jurnalistlarga.

Top