11:40 / 19.08.2015
4305

O‘zbek olimlari bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolash usulini taklif etishdi

Sog‘liqni caqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti xodimlari bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolash usulini taklif etishdi.

Qayd etilishicha, ushbu taklif etilgan usul travmatologiya va ortopediyada, aynan, tug‘ma maymoqlikda jarrohlik aralashuvlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi jarohatlilik va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishdan iborat.

Mualliflar mazkur usulga patent olish uchun № IAP 2014 0033 raqamli talabnoma topshirishdi.

Top