16:51 / 19.08.2015
16179

O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 20 avgustda e'lon qilinadi

O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 20 avgustda e'lon qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi «Gazete.uz» saytiga ma'lum qildi.

Markaz vakilining ma'lum qilishicha, ayni paytda davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan imtihon natijalari oliy ta'lim muassasalariga tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni imtihon topshirgan abituriyentlar imtihon natijalarini UCell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS-xabar shaklida jo‘natib, bilib olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, CLICK xizmati, Davlat test markazining rasmiy dtm.uz sayti orqali ham imtihon natijalarini bilish mumkin.

Top