15:47 / 19.08.2015
4084

Toshkentning “Fleshka” texnik-buyumlar bozorida Huawei P8 flagmani 2,1 million so‘mga sotilmoqda

Poytaxt bozorlarida Huawei P8 smartfoni sotila boshlandi. Smartfon 2015 yilning aprel oyida namoyish etilgan bo‘lib, o‘zining ajoyib dizayni va sifatli kamerasi orqali ko‘pchilik foydalanuvchilarga ma'qul bo‘lib kelmoqda.

Metal korpusga ega ushbu qurilma, 8 yadroli 64-bitga ega Kirin 930 protsessori, 1920x1080 piksel zichlikga ega 5,1-dyumli IPS-NEO displeyi, 13 megapikselli sifatli kamera, 3 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira bilan jihozlangan.

Smartfon Android operatsion tizimida ishlaydi. Unga 2680 mAch quvvatga ega batareya, LTE Cat 6 aloqa tizimini qo‘llab quvvatlovchi zamonaviy 2 kanalli antenna o‘rnatilgan.

Top