18:10 / 19.08.2015
3063

Turkiya turistlar oqimini saqlab qolish uchun Rossiya charterlariga pul to‘lashda davom etadi

Turkiya rahbariyati Rossiya turistik operatorlariga har bir charter reysi uchun 6 ming dollardan to‘lashda davom etadi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda. Subsidiyalar dasturi 15 sentabrdan 30 noyabrga qadar davom etadi.

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Umar Chalikning so‘zlariga qaraganda, rossiyaliklar mamlakatga har yili tashrif buyuradigan turistlarning kattagina qismini tashkil qiladi, ammo u yerdagi inqiroz sayyohlar oqimining kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu bois bu sohaga subsidiya kiritishga qaror qilingan.

Ta'kidlanishicha, Turkiyaning turistik biznesiga, Rossiyadagi inqirozdan tashqari, mamlakat chegarasidagi vaziyat ham salbiy ta'sir o‘tkazmoqda.
Subsidiyalar dasturi MDH davlatlari va Eron uchun ham amal qiladi.

Top