16:50 / 19.08.2015
9315

Vampir laqabli mushuk Instagram tarmog‘idagi navbatdagi yulduzga aylandi

Vampir laqabini olgan Loki ismli mushkuk ikkita bo‘rtib chiqqan tishlari tufayli Instagram ijtimoiy tarmog‘ining yulduziga aylandi. Ikki haftada mazkur jonzotning tarmoqdagi akkauntiga 30 ming foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

The Daily Mirror nashrining yozishicha, Lokining xo‘jayini Kitning so‘zlariga ko‘ra, uning mushugi nimaning evaziga bunaqa ko‘rinishga ega bo‘lganini bilmasligini ta'kidlab o‘tgan.
"Uni sotib olganimizda hech qanday alohida xususiyati yo‘qligini aytishgandi", deydi qiz.

Oldinroq, Instagram tarmog‘ida «o‘zga sayyoralik-mushuk» va mushuk-pessimist mashhur bo‘lgan. Ular ham o‘z tashqi ko‘rinishlari bilan shunday yulduzlikka erishishgandi.

Top