20:53 / 19.08.2015
3566

Yangiyo‘lda ikki valyutafurush 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda ikki valyutafurush 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, SVOJJDLQK departamenti tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar Shamil Kuliyev va Shokir Nabiyevlar boshqa shaxsga 7 ming dollarni 24 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan. Ularning Lacetti rusumli avtomashinasi yukxonasidan esa 3 527 dollar va 2.7 mln so‘m pul chiqqan.
Valyutafurushlarning ishi sudga oshirildi.

Top