09:14 / 19.08.2015
2251

Yaponiya Eron bilan investitsion kelishuvga erishmoqchi

Yapon hukumati Eron bilan sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng investitsiyalar to‘g‘risida bitim imzolashga tayyor, deb yozadi Nikkei nashri hukumatdagi manbalariga tayangan holda.

Buning uchun Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Tehronga Eron Sanoat vaziri bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiy munosabatlarning qayta jonlanishidan Mitsubishi va Nissan avtokonsernlari, shuningdek, Mitsui, Itochu, Toyo Engineering, JGC kompaniyalari va boshqa bir qaton yapon banklari manfaatdor.

Yaponiya uchun neft xom ashyosi importi muhim bo‘lsa, Eron moliya tizimini modernizatsiya qilish uchun yapon investitsiyasiga katta ehtiyoj sezmoqda.

Top