Mashhur amerikalik bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza yozdi. Ushbu jarayon Yaltadagi matbuot-anjumanida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
“Meni “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 13, 14- yoki 41-moddasi asosida Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga olishingizni so‘rayman”, deyilgan sportchi imzolagan arizaning kirish qismida.
19 avgust kuni bokschi Sevastopolda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati davomida Putindan unga Rossiya pasporti berilishini so‘ragan. Jons ushbu hujjat unga Rossiyadagi biznesini yuritish uchun kerakligini aytgan.