10:11 / 20.08.2015
3435

Forbes innovatsion kompaniyalar reytingini e'lon qildi

Forbes jurnali dunyoning eng innovatsion kompaniyalari reytingini e'lon qildi. The World's Most Innovative Companies nomli ushbu reytingda zamonaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bir qancha kriteriylar bo‘yicha baholangan. Ular ichida eng muhimi oxirgi 12 oy mobaynida savdo ko‘rsatkichlarining oshishidir.

Ro‘yxatning cho‘qqisini Tesla Motors kompaniyasi zabt etdi. Bir yil davomida ushbu kompaniyaning savdo ko‘rsatkchilari 52 foizga oshgan.
Undan keyingi o‘rinlarni Salesforce.com va Alexion Pharmaceuticals kompaniyalari 28.44 va 22.7 foizlik ko‘rsatkichlar bilan egalladi.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Regeneron Pharmaceuticals, ARM Holdings, Unilever Indonesia, Incyte, Amazon.com, Under Armour, BioMarin Pharmaceutical kompaniyalari kirdi.

Top