16:44 / 20.08.2015
3165

Gaz hisoblagichi o‘rnatish haqidagi murojaatnomani Yagona portal orqali yo‘llash imkoni tug‘ildi

Interfaol xizmatlar yagona davlat portali (my.gov.uz) yangi xizmatni ishga tushirdi. Endilikda ushbu portal orqali gaz hisoblagichi o‘rnatish yoki uni olib tashlash haqidagi murojaatnomani kiritish va tegishli aktni rasmiylashtirish mumkin bo‘ldi.

Portal matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus formani elektron shaklda to‘ldirish talab etiladi.
Murojaatnoma yo‘llangach, foydalanuvchiga tuman yoki shahar gaz ta'minoti korxonasi xodimining ko‘rsatilgan manzilga kelish muddati haqida axborot beriladi.

Top