05:38 / 20.08.2015
2845

Jahon banki Ukrainaga energetik loyihalarni amalga oshirish uchun 732 mln dollar ajratdi

Jahon banki Ukrainaga infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va mamlakatning markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti energiya samaradorligini oshirish uchun 732 mln dollar ajratdi. Bu haqda  Ukraina uy-joy kommunal majmuasi vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Gazeta.Ru” ma'lum qildi.     

“Shahar infratuzilmasini rivojlantirish-2” loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar (300 mln dollar Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va 50 mln dollar Toza texnologiyalar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) yo‘naltirildi”, deyilmoqda xabarda. Ushbu loyiha 2015-2020 yillar davomida amalga oshirilishi kerak.

Pul vositalarini issiqlik ta'minoti tarmoqlarini avval olib tashlangan quvurlarni almashtirish bilan rekonstruksiya qilish, bug‘xona va markaziy issiqlik punkti, muqobil yoqilg‘i turlarida ishlovchi bug‘xonalar qurish, shaxsiy issiqlik punktlari va hisoblagichlar o‘rnatish, loyihaviy-smeta hujjatlarini tayyorlash, texnik nazorat, boshqa konsultatsion xizmatlarni taqdim qilish ishlari uchun sarflash rejalashtirilmoqda.     

Top