16:40 / 20.08.2015
9729

Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya chegarasidagi mojaro tufayli favqulodda kengash chaqirdi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreya chegarasidagi mojaro tufayli milliy xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha favqulodda kengash chaqirdi. Davlat rahbarining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilish Seul qisqa muddatlarda qo‘llashi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilinadi.

“Hanguk kyonchje” gazetasining yozishicha, yaqin soatlarda prezident rezidensiyasi ostida joylashgan yer osti bunkerida xavfsizlik va javob choralari masalalari muhokama qilinadi.

Yig‘ilish Koreya Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik boshqarmasi rahbari Kim Gvan Chjin rahbarligida bo‘lib o‘tadi.

“Biz Shimolning tajovuzlariga qarshi qat'iy javob qaytarishimiz lozim”, – dedi prezident Koreya Respublikasi fuqarolariga murojaat qilar ekan.

Janubiy va Shimoliy Koreya 20 avgust kuni demilitarizatsiyalangan (qurolsizlantirilgan) hududning g‘arbiy qismida o‘zaro artilleriya zarbalarini bergan edi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib shimolliklar o‘t ochishgan. Bunga esa Seul tomonidan Pxenyanga qarshi tashviqot qilishda qo‘llanilayotgan ovoz kuchaytirgichlar sabab bo‘lgan. Shimoliy Koreya zarbalariga javoban janubliklar 155 millimetrli o‘nlab snaryadlarni uchirishgan.

Top