17:21 / 20.08.2015
10629

KXDR Janubiy Koreyaga tashviqotlari uchun ultimatum e'lon qildi

KXDR Janubiy Koreyaga 48 soat ichida chegara hududlaridagi ovoz kuchaytirgichlarni olib tashlamasa, to‘liq miqyosda harbiy harakatlarni amalga oshirish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Renxap” xabar berdi.

“Shimol tomoni agarda Janub Pxenyanga qarshi tashviqotlar translyatsiyasini to‘xtatmasa va 48 soat ichida barcha ovoz kuchaytirish vositalarini olib tashlamasa, urush harakatlarini boshlashni ma'lum qiladi”, – deya qayd etib o‘tdi KXDR Milliy mudofaa vazirligi.

Bundan avvalroq Janubiy Koreya so‘nggi 11 yil ichida ilk bora Pxenyan siyosatiga qarshi yo‘naltirilgan xabarlarni ovoz kuchaytirgichlar orqali e'lon qilishni yo‘lga qo‘ygandi.

Bunga javoban Shimoliy Koreya o‘t ochishni ma'qul ko‘rdi.

Top