11:28 / 20.08.2015
3561

Microsoft kompaniyasi Windows 10 shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi buzilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Microsoft korporatsiyasi OS Windows 10 foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligi tahdid ostida ekani haqidagi ayblovlarni inkor etdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Kompaniyaning qayd etishicha, Windows 10 foydalanuvchilarga ma'lumotlar konfedialligini boshqarish imkonini beradi. “Yangi operatsion tizimda foydalanuvchilarga ma'lumotlar xavfsizligini boshqarishning bir qancha ko‘rinishlari taqdim etilgan. Foydalanuvchi ularni o‘zi istagan vaqtda o‘zgartirishi mumkin”, – deyiladi kompaniya press-relizida.

Kompaniya vakillari qo‘shimcha qilib aytib o‘tdiki, Microsoft hukumatlarga foydalanuvchilar ma'lumotlar kontentiga mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun texnik imkoniyatlarni taqdim etmaydi.

Bundan avvalroq “Bubnov va hamkorlari” advokatlik byurosi Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaga Windows 10 operatsion tizimini shaxsiy ma'lumotlar va abvokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan o‘rganib chiqishni so‘rashgan edi. Huquqshunoslar fikricha, Windows 10 foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Top