15:53 / 20.08.2015
2890

Namanganda davlat chegarasini buzgan fuqarolar jazolandi

Namanganning Chust tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh shaxs davlat chegaralarini buzganlikda ayblanib jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Shoyon qishlog‘ida yashovchi Rahmonali Malaxov jiyani Xayriniso Mo‘minova bilan birga Qirg‘izistonda yashovchi akasini ko‘rib kelishga yo‘l olgan. Buning uchun ular Varzik qishlog‘idan aylanma yo‘l orqali Qirg‘izistonga o‘tishgan. Qaytishda esa ularga qishloqdoshlari Mirzamamut Umarov qo‘shilgan. Ammo qaytishda chegarachilar ularni qo‘lga olgan.

Sud hukmiga asosan Malaxov va Umarov oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga, Mo‘minova esa oylik ish haqining 20 foizi ushlab qolingan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosiga mahkum qilindi.

Top