10:48 / 20.08.2015
3570

Oq uy: Obama va Putinning uchrashuvi rejalashtirilgani yo‘q

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalarda yo‘q. Bu haqda TASS nashri Oq uy matbuot xizmatiga asoslanib, xabar bergan.

"Hozircha bu haqda hech narsa deya olmaymiz. Bunday uchrashuv rejalashtirilmagan", deyiladi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashining matbuot xizmati xabarida.

Biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh tomonidan shunday taklif bildirilsa, Rossiya tomoni bu taklifni ko‘rib chiqishi haqida ma'lum qilgandi.

Top