10:35 / 20.08.2015
3494

Qilich bilan qurollangan pensilvaniyalik bosqinchilar qilich yordamida quvib solindi

Qilich bilan qurollanib olgan niqobli ikki yosh jinoyatchi Pensilvaniya shtatidagi kichik do‘konchaga bostirib kirishdi, deb yozadi New York Daily News.

Ulardan biri xaridorga o‘tkir qilich bilan tahdid solgan bo‘lsa, ikkinchisi navbatchi kassirdan pul talab qila boshlagan. Biroq kassir ham bo‘sh kelmadi. Qayerdandir ulkan qilichni chiqarib, jinoyatchilarga tashlandi. Kassir qo‘lidagi daxshatli qilichga ko‘zi tushgan jinoyatchilardan biri qo‘rquvga tushib, qocha boshladi.

Qochish vaqtida rastadan olishga ulgurgan bir juft futbolkani ham tushirib yuborgan ikki jinoyatchi ayni paytda politsiya tomonidan qidirilmoqda.

Top