15:10 / 20.08.2015
3354

Qozog‘istondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursni aniqlashtirib olishdi, do‘konlarda narxlar almashtirilmoqda

Qozog‘istonning valyuta ayirboshlash shoxobchalari va tijoriy banklari tanganing ayirbosh kursi shakllanishining yangi tartibiga o‘rganish bosqichidan o‘tib, kunning ikkinchi yarmida o‘z ishini qayta boshlashdi. Bundan tashqari, Novosti-Kazaxstan agentligining ma'lum qilishicha, savdo korxonalari xodimlari narx-navo yorliqlarini o‘zgartirmoqda.

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov mamlakatda yangi pul-kredit siyosati amalga oshirilishini e'lon qilib, buning asosida tanga kursining erkin shakllanishini belgilab berdi va valyuta koridorini bekor qildi. Bu bayonotdan so‘ng Qozog‘iston fond birjasida tanganing dollarga kursi keskin tushib ketib, 255-259 tangagacha bordi.
Olma-Ota, Ostona singari yirik shaharlarda faoliyatini to‘xtatgan ayirboshlash shoxobchalari peshindan so‘ng yana ilgarigi tartibda ishlay boshladi. Ayni paytda dollar sotish 254 tangani, sotib olish esa 252 tangani tashkil qilmoqda.

Qimmat buyumlar, masalan, texnika mollar sotuvchi savdo markazlarining ish tartibi ham buzilgan edi. Xodimlar shoshilinch tarzda tovarlardagi narx yorliqlarini o‘zgartirib chiqmoqda.
Barcha mahsulotlarning tangadagi narxi taxminan 30 foizga oshgani ma'lum qilinmoqda.

Top