13:16 / 20.08.2015
3438

Rossiya birjasida dollar kursi 67 rubldan oshdi

Rossiyada shu yilning fevral oyidan beri dollar kursi ilk marta 67 rublga ko‘tarildi. Bu haqda Moskva birjasi ma'lumotlari darak beradi.

Moskva vaqti bilan soat 10:07da dollar kursi 45 kopeykaga o‘sib, 67,05 rublga yetgan.

O‘z navbatida, yevro kursi 58 kopeykaga qimmatlab, 74,69 rublni tashkil etmoqda.

Top