10:30 / 20.08.2015
4309

Qozog‘istondagi Semey hokimi bekatda avtobusni bir soat kutdi

Qozog‘istondagi Semey shahri hokimi Yermak Salimov jamoat transporti ishini kuzatish maqsadida bekatga chiqdi, ammo bu yerda kerakli avtobusning kelishini bir soat kutishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi semeyliklar guruhida xabar qilindi.

“Bugun peshinda shahar hokimi maslahat kotibi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish grafigiga amal qilinishini tekshirdi. Aniqlanishicha, 45-raqamli yo‘nalishli avtobusni bir soat kutishga to‘g‘ri keldi. Nahotki hokimiyat bu muammoni hal qilishga kirishgan bo‘lsa? Aslida barcha avtobuslarni tekshirish kerak.

Gap narx oshirishga kelganda buni bajonudil muhokama qilishadi. Xizmat sifatini ko‘tarishga kelganda esa hamma jim bo‘ladi. Men xizmat sifati haqidagi fikrimni hokimga shaxsan aytdim. Uning ishlash uslubi boshqalarnikidan farq qiladi”, – deb ma'lumot berdi guruh foydalanuvchilaridan biri.

Top