10:17 / 20.08.2015
2367

Turkiya janubi-sharqidagi portlash oqibatida 8 nafar askar halok bo‘ldi

19 avgust kuni sakkiz nafar turk askari mamlakatning janubi-sharqidagi Siirt viloyatida transport vositasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu terakt Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari tomonidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Turkiyaning Suriya bilan chegara qismida amalga oshirilgan terakt va 1 kun o‘tib chegarachilarning o‘ldirilishidan keyin hukumat "IShID" va "Kurdiston ishchilar partiyasi" vakillariga qarshi aksilterror harakatlarni boshladi. Bu esa Turkiyada portlashlar hajmi keskin ravishda ortishiga olib keldi.

Top