19:54 / 20.08.2015
2399

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax taekvondo bo‘yicha oliy dan sohibi bo‘ldi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax taekvondo bo‘yicha oliy o‘ninchi dan bilan taqdirlandi.

“Sizga o‘ninchi dan qora kamariga ega bo‘lishdek sharafga ega bo‘lganim uchun rahmat”, deb aytdi Bax. Uning bu so‘zlarini Xalqaro taekvando federatsiyasi rasmiy sayti keltirib o‘tdi.

Tarixda bunday oliy danga faqatgina XOQning sobiq prezidentlari Xuan Antonio Samaranch va Jak Rogge hamda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun munosib topilgan edi. Baxga mukofotni Xalqaro taekvando federatsiyasining rahbari Chu Chxon Vonning shaxsan o‘zi topshirdi.

Top