13:22 / 20.08.2015
3130

Xitoyda tezyurar poyezd ko‘rinishidagi restoran paydo bo‘ldi

Xitoy shimoli-sharqida tezyurar poyezdning bosh vagoni shaklidagi restoran ishga tushdi, deb xabar berdi «Sinxua».

Harmony tezyurar poyezdini eslatuvchi olti metrli restoranga uylarning biridagi yo‘lak orqali kiriladi. Odamlar uning ichni tomosha qilish uchun restoranga tez-tez tashrif buyurmoqda.

Restoran-poyezd bir hafta oldin Chanchun shahridagi xususiy motel xo‘jayini tomonidan ochilgan.

Top