16:01 / 20.08.2015
3736

Xorazmlik piyonista “g‘ururiga tekkan” hamqishlog‘ini shisha sinig‘i bilan o‘ldirdi

Xorazmlik Anvar Rahimov mast holda mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi. “Huquq” gazetasida yozilishicha, qotillik motivi sifatida u qo‘shnisining “g‘ururiga tekkanini” ko‘rsatgan.

Qarindoshining to‘yida Rahimov mahalladoshi Davron Rajabov bilan suhbatlashib qolgan. Gap orasida Davron uning giyohvand moddalar iste'mol qilib o‘lgan akasini eslagan. Bu esa kayfi tarang Rahimovga yoqmagan.

U to‘yxonada o‘tirgan onasi va singlisini kuzatib yuborib, o‘zi Rajabov bilan uyga qaytishini aytgan. Yarim yo‘lda taksidan tushib qolib, ovloq joyga borganda qo‘shnisiga tashlangan va qo‘lidagi shishani sindirib, uning o‘tkir uchi bilan bir necha bor Rajabovning bo‘yniga zarba bergan. Mahalladoshi jon taslim qilgach, Rahimov uning egnidagi charm kurtkasini yechib olgan va uyali telefonini o‘g‘irlagan.

Sud hukmi bilan qotil 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top