07:10 / 21.08.2015
3809

2015 yilning iyul oyi butun kuzatuvlar davomida sayyoramiz tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

AQShning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi 2015 yilning iyul oyini butun kuzatuvlar davomida sayyoramiz tarixidagi eng issiq oy bo‘lganini tan oldi. Joriy iyul oyida o‘rtacha havo harorati 0,81 gradusga ko‘proqni tashkil qildi.

2015 yil iyul oyi 2010 yildagi rekord natijani ortda qoldirib, 1880  yildan beri olib borilayotgan kuzatuvlar tarixida eng issiq oy bo‘ldi.

Ob-havo mutaxassislari 2015 yil ham tarixda eng issiq yil bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Top