06:38 / 21.08.2015
3313

Reuters: Blatter Platinining FIFA prezidenti lavozimiga saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi

FIFA prezidenti  Yozef Blatter UYeFA prezidenti Mishel Platiniga o‘zining lavozimini egallashida xalaqit berish maqsadida o‘ziga o‘rinbosar topishni mo‘ljallayapti, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

“Blatter Platini uning vorisi bo‘lmasligi uchun barcha imkoni bor narsani ishga soladi. U Platinini saylovlarda yenga oladigan munosib nomzod qidirmoqda. Hozircha Blatter bunday nomzodni topa olmadi, lekin u bunday odamni topa olishiga shubha qilmasa bo‘ladi”, deb aytdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan FIFAning yuqori lavozimdagi sobiq vakillaridan biri. 

FIFA prezidentining navbatdan tashqari saylovlari 2016 yil 26 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Top