11:24 / 21.08.2015
6711

Forbes: Jyennifer Lourens dunyodagi eng ko‘p gonorar oluvchi aktrisa

Forbes jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, "Ochlik o‘yinlari" filmlari yulduzi Jyennifer Lourens dunyodagi "eng qimmatbaho aktrisa" hisoblanadi.

25 yoshli bu aktisa oxirgi 12 oy davomida 32 mln dollar ishlab topgan.

Bu boradagi ikkinchi ko‘rsatkichni esa Skarlett Yoxansson qayd etgan - 35,5 mln dollar.
Uchinchi o‘rindan esa "Vegasda qizlar yig‘ini", "Shpion" kartinalarida rollar ijro etgan Melissa Makkarti joy olgan. Uning o‘tgan 1 yildagi daromadi 23 mln dollarga teng bo‘lgan.

Bu ro‘yxatda amerikalik bo‘lmagan yagona aktrisa Fan Binbin bo‘ldi. Uning oxirgi yildagi daromadi 21 mln dollar va to‘rtinchi o‘rinda.

Beshinchi o‘rinni 16,5 mln dollarlik natija bilan Jyennifer Eniston, oltinchi o‘rinni 16 mln dollar bilan Juliya Roberts, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni 15 mln dollarlik natijalar bilan Anjyelina Joli va Riz Uizerspun egallagan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, Forbes nashri eng ko‘p maosh oladigan aktyorlar ro‘yxatini e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, 1 yilda 80 mln dollar atrofida pul ishlab topgan Robert Dauni-kichkina birinchi bo‘lgan, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Jyeki Chan (59 mln dollar) va Vin Dizel (47 mln dollar) qayd etilgandi.

Top