09:43 / 21.08.2015
3991

Honda yangi 7 o‘rinli krossover yaratdi

Honda kompaniyasi BR-V nomini olgan yangi 7 o‘rinli krossover bilan mijozlarni tanishtirdi. Prototip Indoneziyadagi avtosalonda ko‘rsatilgan, tovar versiyasi 2016 yil boshida chiqariladi.

Yo‘ltanlamas 1.5 l li benzin dvigateli yordamida harakatga keltiriladi; ushbu agregatning quvvati 120 ot kuchi ekvivalentiga teng. U 6 bosqichli mexanik o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlashtirilgan.
Shuningdek, mashina svetodiodli orqa chiroqlar, 16 dyuymli g‘ildirak disklari, 2-qator o‘rindiqlari uchun shamol eltgich, frontal xavfsizlik yostiqlari, barqarorlashtirish tizimi va tog‘larga chiqishda yordam beruvchi funksiya bilan ta'minlangan.

BR-V Honda’ning Indoneziyaning Karavang shahridagi korxonasida ishlab chiqariladi. Krossoverning narxlari 16.6 ming dollardan boshlanadi.

Top