19:46 / 21.08.2015
6653

Internetda yangi Kia Sportage avtomobilining rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Internetda yangi avloddagi Kia Sportage krossoverining ilk rasmiy suratlari paydo bo‘ldi. Avtomobil sentabr o‘rtasida Frankfurt avtosalonida namoyish etiladi. Suratlar The Korean Car Blog nashri tomonidan chop etildi.

Bundan avval Kia kompaniyasi avtomobilning rasmiy dizayn-sketchlarini chop etgan edi. Keyinroq internetda krossover hech qanday niqoblarsiz asl holicha suratga olingan fotosuratlar va videorolik paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari internetda yo‘ltanlamasning intereri suratlari ham paydo bo‘ldi. Bu suratlarga ko‘ra, modelning saloni to‘liq o‘zgarishini ko‘rish mumkin: mashina yangi markaziy konsol, asboblar paneli va rul chambaragi bilan jihozlangan. Qo‘shimcha ravishda krossoverda qo‘l tormozi dastagi o‘rniga elktron qo‘l tormozi tugmasi qo‘llangan.

Kia Sportage avtomobili oxirgi avloddagi Hyundai Tucson avtomobili negizida quriladi. Taxmin qilinishicha, krossover bu modeldan quvvati 115 ot kuchidan 184 ot kuchigachani tashkil qiladigan benzinli va dizelli dvigatellarni oladi.

Top