12:02 / 21.08.2015
5018

Janubiy Koreya prezidenti KXDR tahdidi tufayli mamlakatning asosiy harbiy bazasi tayyorgarligini tekshirdi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe KXDR tomonidan kelib tushgan tahdid xabaridan so‘ng mamlakatning asosiy harbiy bazasi tayyorgarligi nazoratida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Yonxap”.

Qayd etilishicha, mazkur baza Seul shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan.

Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, juma, 21 avgust kuni Janubiy Koreya rahbari chegaradagi vaziyat yuzasidan bayonot e'lon qiladi.

Bundan avvalroq Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Koreys xalq armiyasi bosh shtabiga vaziyat keskinlashgan taqdirda, “qattiq chora” ko‘rish haqida ogohlantiruvchi telefonogramma yubordi.

Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Janubiy Koreya 11 ichida ilk ichida ilk bor qurolsizlantirilgan hududda tashviqot olib boriluvchi ovoz kuchaytirgichlar ishini qayta boshlagan edi. Shimol esa agarda janub Pxeyanga qarshi psixologik eshittirishlar uzatishni to‘xtatmasa va barcha zarur uskunalarni payshanba (20 avgust) kuni mahalliy vaqt bilan 17:00dan boshlab 48 soat ichida olib tashlamasa, harbiy harakatlarni boshlash haqida ultimatum e'lon qildi.

Top