00:03 / 21.08.2015
2972

Medvedev Oleg Belozerovni “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi prezidenti etib tayinladi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev “Rossiya temir yo‘llari” (“Rossiyskiye jyeleznyye dorogi”) kompaniyasi prezidenti lavozimiga transport vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Belozerovni tayinladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.

“Men Sizni “RJD” ga rahbar etib tayinlash va bir vaqtning o‘zida vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qildim,”, deb aytdi Medvedev Belozerov bilan uchrashuvi paytida.

Medvedevning aytishicha, kompaniyaning yangi egasiga vakolatlarning topshirilishi 21 avgustda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich kompaniyaning yangi prezidentini RJD jamoasiga tanishtiradi.

“RJDning yangi rahbari oldiga birinchi navbatda kompaniya byudjyeti, investitsiyalar va yo‘lovchilar tashishga e'tiborni qaratish vazifasi qo‘yildi”, deb aytmoqda Medvedev.

Top