09:09 / 21.08.2015
4250

Mutaxassislar eng istiqbolli texnologiyalarni sanab o‘tishdi

Gartner kompaniyasi tahlilchilari 2016 yil o‘rtasiga qadar texnologiyalarning rivojlanishi va istiqbollari reytingini e'lon qilishdi. Eng istiqbolli texnologiyalar qatoriga sun'iy intellekt, inson va kompyuter o‘rtasidagi aloqa, jumladan, nutqni tanish kiritildi. Tadqiqot natijalari kompaniya saytida e'lon qilindi.
2015 yilning eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan mavzulari haydovchisiz avtomobillar, aqlli uylar, nutq tanishdir.

Shuningdek, mashinalar ta'limi, ya'ni kompyuterning inson kabi o‘rganib borishi va o‘z tizimlarini rivojlantirib borishi eng yaxshi rivojlanayotgan soha deb topildi. Bunday tizim to‘la mukammallikka erishishi uchun 2-5 yil kerak bo‘ladi. Buyumlar interneti esa hali yaqin 5-10 yilda tor doirada qolishda davom etadi.
Taqiluvchi gadjyetlar, jumladan, aqlli soatlar va fitnes-trekerlardan esa foydalanuvchilarning ko‘ngli to‘lmadi: ularning kamchiliklari hali juda ko‘p bo‘lib chiqdi. Shu bilan birga, 3D-printerlar, gadjyetlarni imo-ishora bilan boshqarish va virtual reallik allaqachon kundalik hayotning bir qismi deb qabul qilinmoqda.

2016 yil bashoratlarida birinchi bor “aqlli chang” tilga olindi. Bu – mikroskopik robotlar yoki boshqa uskunalar guruhi bo‘lib, bir-biriga simsiz signal yuborgan holda ishlash qobiliyatiga ega. Bu texnologiya 10 yildan so‘ng bozordagi odatiy mahsulotga aylanadi.

Top