16:13 / 21.08.2015
6621

O‘zbekistonlik serjant ayol tosh ko‘tarish bo‘yicha 9 karra jahon chempioni bo‘ldi

Tosh ko‘tarish bo‘yicha yaqinda Vengriyada o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston chegara qo‘shinlari kichik serjanti Muhtaram Aliyeva 60 kg vazn toifasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, andijonlik sportchi va harbiy ayol 9-marta chempionlikka erishishi.
Ta'kidlanishicha, Aliyevaning bu natijasi Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

2010 yili u Milanda o‘tkazilgan “Lombardiya kubogi” xalqaro turnirida ilk bora chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. 2014 yilning oktabrida esa AQShning Kaliforniya shtatida, San-Diyego shahrida o‘tkazilgan tosh ko‘tarish musobaqasida shaxsiy natijalarga ko‘ra Aliyeva chempionlikka yana bir bor erishdi. 42 yoshli sportchi joriy yilda u natijalarini yana takrorladi.

Muhtaram Aliyeva musobaqa chog‘ida 10 kg li toshlarni 30 daqiqa mobaynida 417 marta ko‘tardi va bu nominatsiyada oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, 16 kg li toshlarni 10 daqiqa ichida 62 marta ko‘tarib, kumush medal ham oldi.

Top