19:30 / 21.08.2015
2503

Pedroning agenti: Mijozim uchun kurashda "Chelsi" chaqqonlik qildi

"Chelsi" jamoasining yangi futbolchisi Pedro Rodrigesning agenti Antonio Sans o‘z mijozining "Barselona"dan Angliyaga kelishi jarayoni haqida gapirib o‘tdi.

"Manchester Yunayted" ham shuncha miqdordagi mablag‘ni taklif qilayotgandi. Lekin "Chelsi" to‘lovni amalga oshirishdagi qulaylik tufayli bu kurashda yengib chiqdi.
Barcha biladiki, "MYu" Pedroni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qildi. Lekin bu kurashda londonliklar chaqqonroq bo‘lishdi. Ular bir kun ichida barchasini hal qilishdi", deydi agent Radio Catalunya radiosi efirida.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Pedroni 30 mln yevro evaziga transfer qildi.

Top