17:28 / 21.08.2015
2495

Peru hukumati narkofurushlarning samolyotlarini urib tushirishga ruxsat berdi

Peru kongressi a'zolari bir ovozdan narkofurushlarga tegishli samolyotlarni urib tushirishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini tasdiqlashdi.

Qayd etish joizki, Peru kokain va giyohvand moddalar yetkazib beriluvchi asosiy hududlardan biri hisoblanadi.

Perudagi agentlikning xabariga ko‘ra, mamlakatda yetishtirilgan giyohvand moddalar asosan AQSh hududiga kichik samolyotlar orqali tashib boriladi.

AQSh bu holatga qarshi kurash dasturlarini moliyalashtiruvchisi ekani aytilgan.

Ma'lumot uchun, 2001 yilda perulik harbiylar amerikalik missionerlar ketayotgan xususiy samolyotni xatolik tufayli urib tushirganidan keyin bu amaliyot to‘xtab qolgandi.

Top