02:24 / 21.08.2015
3790

Qozog‘istonda maishiy texnika 20 foizga qimmatlashib ketdi

Olma-otadagi maishiy texnika do‘konlari o‘zlarining butun assortimentlari uchun narxni o‘rtacha 20 foizga oshirdilar, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Narxlar kurs sababli oshdi. Maishiy texnikaga aniq narxlarni ayta olmaymiz, hozircha uni sotmayapmiz. Narxlar taxminan 20 foizga oshgan”, deb aytildi Alser kompaniyasida.

Ostonadagi “Mechta” maishiy texnika va elektronika do‘konlari tarmog‘i vakili mahsulotlar uchun narxlar 21 avgustdan ko‘tarilishini ma'lum qildi. “Hozircha narxlar qanchaga ko‘tarilishi noma'lum. Dollar narxi keskin oshib ketdi va albatta narxlar avvalgidek darajada saqlanib qolmaydi, eski narxda sotish esa foydasiz”, deb aytdi u.

Ostonadagi Sulpak tarmog‘ida ba'zi mahsulotlar yangi narxda sotilayotgani qayd etildi.

Top