18:06 / 21.08.2015
2193

«Real» yangi mavsum uchun hujumchi sotib olmasligini ma'lum qildi

"Real" klubi yozgi transferlar mavsumida yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmagani ma'lum qilindi.

Madridliklar bosh murabbiyi Rafael Benites klub rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda hujumchi sotib olishni so‘ragan. Ammo rahbariyat bunga zaruriyat yo‘qligini va hujum chizig‘i yetarlicha kuchli ekanini ta'kidlagan.

Shu tariqa "Real" yangi mavsumda ham hujumda Krishtianu Ronaldu – Garet Beyl – Karim Benzema uchligiga tayanadigan bo‘ldi. Zaxira futbolchilari sifatida Xese va Mayoral nomlari ko‘rsatilgan.

Top