16:13 / 21.08.2015
2253

Tailandda Bangkok terakti ijrochilari haqidagi ma'lumot uchun 85 ming dollar mukofot e'lon qilindi

Tailand hukumati Bangkokdagi terakti sodir etgani gumon qilinayotgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar uchun 85 ming dollar miqdoridagi mukofot berilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda NBC telekanalida xabar berilgan.

Hukumat vakilining bildirishicha, gumonlanuvchi haqidagi ma'lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki yashirgan shaxslar terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanib, tergov qilinadi.

Biroz oldinroq, ushbu terakt amalga oshirilishida qatnashgan 2 nafar shaxs o‘zini politsiyaga topshirgandi. Kameralar bu shaxslarni 17 avgust kuni amalga oshirilgan terakt joyida tasvirga olgan. Ular bu joyda sayyohlarga gid sifatida xizmat qilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkokda amalga oshirilgan terakt tufayli 20 kishi halok bo‘lib, 120 nafar kishi jarohatlangandi. Terakt shaharning sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan qismida sodir etilgan.

Top