08:04 / 21.08.2015
3643

Ukraina Italiyaga “Ekspo-2015”da Rossiyaning tarkibida Qrim tasvirlangan xarita osib qo‘yilgani sababli norozilik notasini yubordi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Italiya elchixonasi orqali italiyalik hamkasblariga Milanda o‘tkazilayotgan “Ekspo-2015” ko‘rgazmasida Rossiya pavilonida Qrim Rossiya hududi sifatida tasvirlangan ikkita xarita osib qo‘yilgani sababli diplomatik nota yubordi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.    

Ukrainalik diplomatlar bu holat xalqaro ko‘rgazmalar konvensiyasini, jumladan uning 10, 12, 13 va 18-moddalarini buzayotganiga ishora qilmoqdalar. Bu moddalarda ko‘rgazmani qabul qilayotgan davlatga ko‘rgazma ishtirokchi davlatlari pavilonlarining kontentlari hamda geografik belgilashlardan tegishlicha foydalanishni nazorat qilish uchun javobgarlik yuklanishi ko‘zda tutilgan. 

Top