16:54 / 22.08.2015
2909

Amsterdam - Parij poyezdida otishma sodir etgan shaxs uchta davlat maxsus xizmatlari ro‘yxatida bo‘lgan

Amsterdam — Parij tezyurar poyezdida otishma sodir etgan shaxs uchta Yevropa davlati maxsus xizmatlarining qidiruvdagi terrorchilar ro‘yxatida bo‘lgan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi Ispaniya, Fransiya va Belgiya mamlakatlarida qidiruvda bo‘lgan terrorist hisoblanadi. Qo‘lga olingan shaxs Ispaniyada yashovchi 26 yoshli marokashlik bo‘lib, 2014 yilda Yevropaga Suriyadan ko‘chib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Amsterdamdan Parij shahriga ketayotgan tezyurar poyezdda erkak kishi sodir etgan otishma natijasida uch kishi jarohat olgan edi. Jinoyatchi yo‘lovchilar tomonidan qurolsizlantirilib, huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga topshirilgan.

Top