06:09 / 22.08.2015
3060

AQShda neftni qayta ishlovchi zavodda yong‘in chiqdi

AQShning Delaver shtati Delaver-Siti shahrida joylashgan neftni qayta ishlovchi zavod yonib ketdi. Bu haqda Delaware Online portali ma'lum qildi.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in uchta asosiy blokdan biridagi muammo sababli yuz bergan. 

Zavod ma'muriyati barcha xodimlar xavfsizlikda ekanini hamda barcha davlat muassasalari bundan xabardor etilganini aytdi. Voqea joyiga havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassislar yo‘l olishgan.

Top