17:55 / 22.08.2015
7418

Bloomberg: bir hafta ichida dunyoning eng boy insonlari 182 mlrd dollar yo‘qotishdi

Mazkur hafta (2015 yil 17-23 avgust) dunyoning 400 nafar eng boy kishisi jahon bozorlaridagi pasayishlar natijasida 182 milliard dollar ziyon ko‘rgan, deya xabar bermoqda Bloomberg.

Mazkur ko‘rsatkich 2014 yil sentabridan buyon eng katta pasayish hisoblanadi.

Qayd etilishicha, ushbu ro‘yxatdan joy olgan tadbirkorlar boyligining umumiy miqdori 3,98 trln dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Amerika birjalari rekord darajadagi pasayishlar bilan yopilgani ma'lum qilingan edi.

Dow Jones sanoat indeksi 2011 yildan beri birinchi marta 3,12 foizga kamayib, 16 460,01 punktni tashkil etgan. Yuqori texnologiyali NASDAQ esa 2,98 foizga pastlab, 4732,32 punktga yetgan. S&P 500 indeksi ham 2,70 foizga tushib, 1980,85 punktga qadar quyilagan.

Top