07:25 / 22.08.2015
1985

Dortmundning “Borussiya” klubi 2014/15 yillardagi mavsumda 55,6 mln yevrolik operatsion foyda oldi

Dortmundning “Borussiya” klubi 2014/15 yillardagi mavsum natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobotni chop etdi.

Klubning 2014 yil 1 iyulidan 2015 yil 30 iyunigacha daromadi 276 mln yevroni tashkil qilgan (bir yil avval bu ko‘rsatkich 260,7 mln yevro bo‘lgan). 

Soliqlar to‘langandan keyin “Borussiya”ning sof daromadi 5,5 mln yevroni, ya'ni o‘tgan yili qayd qilingan sof foydadan 12 mln yevro kamroqni tashkil qilgan.

Shu bilan birga nemis klubi 55,6 mln yevro operatsion foyda qayd qilgan.

Top