23:27 / 22.08.2015
2627

Germaniya bundesligasi: “Bavariya” 10 kishi bo‘lib “Xoffenxaym”ni mehmonda minimal ustunlik bilan yutdi hamda 2-turning qolgan uchrashuvlari

22 avgustda Germaniya bundesligasining 2-turidan o‘rin olgan “Xoffenxaym”-“Bavariya” uchrashuvida mezbon jamoa o‘yinchisi Kevin Folland myunxenliklarning darvozasini uchrashuv boshlangandan 9 soniya o‘tib ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Folland ushbu goli evaziga 2014 yilning 23 avgustida “Bayyer” yarimhimoyachisi Karim Bellarabining Dortmundning “Borussiya” jamoasiga Bundesliga tarixida eng tez kiritilgan to‘pining natijasini qaytara oldi.

“Bavariya” 1-bo‘limning oxirida Tomas Myullerning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. 73-daqiqada “Bavariya” Jyerom Boatengning qizil kartochka olgani sababli 10 kishi bo‘lib qoldi. Mezbonlar 11 metrlik jarimani amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdilar, biroq Eugen Polanskining zarbasi darvoza ustuniga to‘g‘ri keldi.

Amaldagi chempion 90-daqiqada g‘alabani qo‘lga kiritishga erisha oldi: bu gal Robert Levandovski o‘zini ko‘rsatdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. 

Germaniya - Bundesliga. 2-tur

Xoffenxaym (Zinsxaym) – Bavariya (Myunxen) – 1:2

Gollar: Folland, 1 (1:0); Myuller, 41 (1:1); Levandovski, 90 (1:2).

2-turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd qilindi:

Kyoln (Kyoln) – Volfsburg (Volfsburg) – 1:1

Gollar: Tsoller, 30 (1:0); Bendtner, 83 (1:1).

Shalke-04 (Gelzenkirxen) – Darmshtadt 98 (Darmshtadt) – 1:1

Gollar: Raush, 9 (0:1); Draksler, 47 (1:1).

Gannover-96 (Gannover) – Bayyer (Leverkuzen) – 0:1

Gol: Chalxanoglu, 18 (0:1).

Ayntraxt F (Frankfurt-na-Mayne) – Augsburg (Augsburg) – 1:1

Gollar: Kayubi, 23 (0:1); Russ, 86 (1:1).

Gamburg (Gamburg) – Shtutgart (Shtutgart) – 3:2

Gollar: Ginchek, 23 (0:1); Ilichevich, 34 (1:1); Ginchek, 42 (1:2);  Lasogga, 84 (2:2); Juru, 89 (3:2)

Ertaga 23 avgustda yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi:   

Ingolshtadt – Borussiya Dortmund

Borussiya M – Maynts

Top