22:05 / 22.08.2015
2460

Germaniyaning qochqinlarni saqlash uchun xarajatlari yiliga 6 mlrd yevroga oshishi mumkin

Germaniya mamlakatda qochqinlar ko‘payib ketgani bois ularni saqlashga ketadigan xarajatlarning oshishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb ma'lum qilmoqda Focus nashri.

Nashr Germaniya federal hukumatining bergan baholashlariga iqtibos keltirgan holda Germaniyadagi boshponalarda qochqinlarning yashashi, ularning moddiy ta'minoti uchun xarajatlar yaqin kelajakda yiliga 6 mlrd yevroga oshishi mumkinligini aytmoqda

“Biz mablag‘lar hajmining oshishini kutmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Shaharlar va kommunalar nemis uyushmasi bosh ijrochi kotibi Gerd Landsberg.

Landsberg kommunalarga uy-joy qurilishi dasturini tezroq ishlab chiqishlari lozimligini qo‘shimcha qildi. Landsbergning aytishicha, buning uchun kamida 2 mlrd yevro talab etiladi.

Bundan avval Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer Germaniyaga qochqinlar oqimining oshgani sababli mamlakatda boshpana olishni so‘ragan shaxslarga yordam berish dasturini ko‘rib chiqish lozimligini aytgan edi.

 

Top