Londonning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyachi Pol Pogba londonliklar safida paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Pogba – “Yuventus” o‘yinchisi. Men u haqda gapira olmayman. Shuni bilamanki, Allegri butun yoz davomida Oskar va Ramires haqida gapirdi. Men o‘zimni “Yuventus” o‘yinchilariga nisbatan bunday tutmayman”, deb aytdi portugaliyalik mutaxassis.