08:11 / 22.08.2015
4809

Krishtianu Ronaldu uchrashuvlardan keyin kuchlarni tiklashi haqidagi sirlari bilan o‘rtoqlashdi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvlardan keyin kuchlarni tiklashi haqidagi sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchining aytishicha, bunda eng yaxshi vosita muzdek suvli vanna qabul qilish hisoblanadi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda

Futbolchi bu “an'anaga” har bir uchrashuvdan keyin amal qiladi. “Muzdek vanna tetiklashishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Siz ham qo‘shiling!”, deb aytdi Ronaldu.

Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchiga mushaklarni tonusda ushlab turishga 200 gradus sovuqqa ega kriosauna yordam beradi.

Ronaldu o‘zining bu sirlari haqida Santyago Bernabeu kubogi uchun Turkiyaning “Galatasaroy” klubi bilan uchrashuvdan keyin o‘rtoqlashgan. Madridliklar uchrashuvni 2:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlashdi.

Ispaniya chempionati 21 avgustda boshlandi. “Real” joriy mavsumdagi ilk o‘yinini 23 avgustda o‘z uyida Xixonning “Sporting” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Top